Zebo Yusupahmetova - Bir kam dunyo
- Скачано: 131
- Размер: 8.52 MB
- Длительность: 3:42
- Качество: 320 kbps
- Дата релиза: 06.06.2023

Слушать
Zebo Yusupahmetova - Bir kam dunyo
0
Слова из песни
Gohida g'am goh quvonch allaqanday tashvishlar
Gohi gumon goh ishonch qalb qafasin to'ldirar
O'zimizga ishonib goh kibrga boramiz
Musibat yetgan chog'da zaif titrab qolamiz
Bu hayot dengizida biz misoli tomchilar
Har tomchi amalidan dunyo to'ri to'qilar
Bir kam dunyo shod xurramlik g'am qayg'u
Unda birga turar bir kam dunyo
Bir kam dunyo yaxshilik va yomonlik mudom bahsin surar
Bir kam dunyo sinovingdan o'tishga har kim madad najot tilar
Muhabbat shirin og'u
Ishq qo'liga aylanib
bevafoning ahdiga
goh qolamiz aldanib
Mashaqqatli bu hayot
aslida bir muallim
Xom sut emgan bandalar
undan olmaymiz ta'lim
Baxt boylikka cho'mganda
yo'qotamiz halovat
dunyo bir kamligiga
hech qilolmaymiz toqat

Комментарии